Bugun, 3-dekabr- “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan universitetimizning katta majlislar zalida katta hayriya tadbiri bo’lib o’tdi.
Ushbu hayriya tadbiriga viloyatimiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashrif buyurib, nogironligi bor yoshlar va keksalarni ushbu sana munosabati bilan samimiy qutladi.
Ko’tarinki kayfiyat ostida boshlangan tadbir mustaqillikni o’zida mujassam etgan diltortar kuy-qo’shiqlar bilan yanada jozibador tus oldi. Kichkintoylar tomonidan ijro etilgan ajoyib raqslar guldastasi tomoshabinlarning olqishi bilan davom etdi.
Tadbirda ijro etilayotgan musiqalar beihtiyor tomoshabinlarni raqsga chorladi va bugungi tadbirdan xursand ekanliklari ularning quvonch to’la yuzlarida yaqqol aks etdi. Ko’rsatilayotgan bu kabi e’tiborlardan ular juda mamnun bo’ldilar.
Tadbir yakunida viloyatimiz rahbari Shuhratbek Abdurahmonov nogironligi bor yoshlar va keksalarga qimmatbaho sovg’a-salomlar ulashdi
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI