Andijon Davlat
Universiteti
MEHRLI QOʻLLAR ILA MEHR ULASHAYLIK
2022-12-03    452

Joriy yilning 2-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov, Fuqarolik jamiyati nazariyasi oʻqituvchisi F.Nurmetova, tyutor Sh.Qoʻchqarov va fakultetning barcha talabalari tomonidan “Mehrli qoʻllar ila mehr ulashaylik” shiori ostida Andijon tumani Boʻtaqara mahallasida joylashgan “Muruvvat uyi” hamda Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Muruvvat” nogiron bolalar uylarida hayriya tadbirlari oʻtkazildi.


Mazkur tadbirda Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov bayram munosabati bilan “Muruvvat uyi” bilan doimiy hamkorlik qilish boʻyicha amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilganligini bildirib oʻtdi. Bu boʻyicha turli tadbirlar oʻtkazish, shaxmat toʻgaragini ochish boʻyicha kelishib olindi.


Hayriya tadbirini tashkil etishdan asosiy maqsad mehr va muruvvatga tashna qalb egalari – imkoniyati cheklangan bolalarni maʼnaviy va moddiy qoʻllab quvvatlash, ularning holidan xabar olish, ehtirom bildirish, koʻnglini koʻtarish, xursandchilik va yuqori kayfiyat shu bilan birga ularga hamisha eʼzozda ekanliklarini his qilish tuygʻularini baxsh etish koʻzlandi.


Hozirda fakultetda 30 nafar imkoniyati cheklangan talabalar tahsil olmoqda. Bayram munosabati bilan fakultet dekani R.Shamsitdinov boshchiligida dekan oʻrinbosarlari, tyuterlar hamda barcha fakultet talabalari tomonidan imkoniyati cheklangan talabalarga pul mukofoti sovgʻa sifatida topshirildi. Imkoniyati cheklangan talabalarimizni yutuqlarini alohida eʼtirof etsak arziydi. 3-bosqich talabasi Ashurov Olimjon “Yilning eng yaxshi talabasi” (imkoniyati cheklangan talabalar) nominatsiyasi universitetda faxrli 1- oʻrnii egalladi. Xuddi shuningdek, 2 –bosqich talabasi Xoliqova Gullola ogʻir atletika sport turil boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Bunday natijalar albatta barchani quvontiradi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.