Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "3-DEKABR - XALQARO NOGIRONLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN TADBIR TASHKIL ETILDI
2022-12-01    469

Joriy yilning 1-dekabr kuni universitetning katta majlislar zalida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda oliygohimizning ustoz-murabbiylari, talaba-yoshlari hamda viloyatda joylashgan “Muruvvat” muassasalarida istiqomat qilayotgan nogironligi bor yoshlar va keksalar ishtirok etdi.

Tadbir ko’tarinki kayfiyatda boshlandi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi tadbirda yangragan kuy-qo’shiqlar insonga o’zgacha zavq bag’ishladi. Tadbir qatnashchilari uchun madaniy hordiq ulashuvchi ushbu kechada xushovoz xonanda Murodil Hakimov o’zining diltortar kuylari bilan sahnaga o’zgacha shukuh ulashdi.

 

Tadbir yakunida esa “Muruvvat” uylaridan tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan nuroniylarga universitet rahbaryati tomonidan esdalik sovg’alar topshirildi

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.