Andijon Davlat
Universiteti
EGEY UNIVERSITETI PROF.DR. ISMAIL TÜRKAN BILAN ONLAYN MA’RUZA MASHG’ULOTLARI BO’LIB O’TDI
2022-12-01    531

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti va Egey universiteti rektorlarining joriy yilning 9-iyunda Turkiya davlatining Izmir shaxrida imzolagan memarandumiga asosan Ekologiya va botanika kafedrasida Egey universiteti bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarining dastlabki qadamlari qoʻyilgan.

Hamkorlik shartnomasi doirasida Egey universiteti Fen fakulteti dekani, Prof.Dr.Dençer Ayazning tashabbusi bilan Andijon davlat universitetida turk hamkasblarimizning onlayn maʼruzalarini oʻtkazish rejalashtirilgan edi. 

Onlayn maʼruzalarni oʻtkazishdan asosiy maqsad- Ekologiya va atrof muhit muhofazasi taʼlim yoʻnalishining iqtidorli talabalari hamda Ekologiya va Biologiya mutaxassisligi magistrlarining ilmu-fanga, zamonaviy tadqiqot ishlariga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, biologiyaning zamonaviy tadqiqot usullari bilan yaqindan tanishtirishdan  iborat.

Kuni kecha Ekologiya va botanika kafedrasida Egey universiteti, Fen fakulteti, Biologiya boʻlimi, Umumiy biologiya kafedrasi mudiri, Prof.Dr. İSMAIL TÜRKAN ning “Genom sonrası çağda bitki biyolojisinin önemi” mavzusida birinchi onlayn maʼruzasi boʻlib oʻtdi. Prezentatsion maʼruza davomida professor tomonidan oʻsimliklar ustida hamda oʻsimlik xujayralarida olib borilayotgan eng soʻnggi tadqiqotlar, ularning ahamiyati va istiqbollari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, professor ISMAIL TÜRKAN va shogirdlari  olib borayotgan tadqiqiotlarga ham toʻxtalib oʻtdi.  

Maʼruza garchi turk tilida boʻlsada, ilmga, fanga qiziqishlari baland boʻlgan magistr va talabalarimizda noqulaylik tugʻdirmadi, balki yanada katta qiziqish uygʻotdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.


Ekologiya va botanika kafedrasida tashkil etilgan onlayn maʼruzalar har oy davomida boʻlib oʻtishini eslatib oʻtamiz, ilm-fan yangiliklariga, zamonaviy tadqiqotlarga va hamkorlik aloqalariga qiziquvchi tengdoshlarimizni taklif etib qolamiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.