Joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida 8-dekabr Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan huquqshunoslar va talabalar o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Andijon viloyati maʼmuriy sudining sudyalari D.Xalilov, B.Abdunazarov, Andijon davlat universiteti katta yuriskonsulti M.Sodiqova, Xoʻjaobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Muxiddinov, Xoʻjaobod tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarial idorasi notarius stajyori E.Vasiljonov, Ijtimoiy iqtisodiyot va Tarix fakulteti talabalari ishtirok edi.
Uchrashuvda viloyati maʼmuriy sudining sudyasi B.Abdunazarov tomonidan magistr va talabalarga Konstitutsiyadagi 128 ta moddaning 64 tasiga oʻzgartirish va 6 ta yangi modda qoʻshish takliflari kiritilayotganligi toʻgʻrisida ma'lumotlar berib o'tdi.
Andijon viloyati maʼmuriy sudining sudyasi D.Xalilov Gender tenglik masalasi hozirda davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi, sohaga oid 25 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tashkil etilganligi, Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32% yetganligi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-oʻringa koʻtarilganligi, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27%, partiyalarda 44%, oliy taʼlimda 40%, tadbirkorlikda 35% ga yetganligi toʻgʻrisida ishtirokchilarga ma'lumot berib o'tdi.
Uchrashuv so'nggida Konstitutsiyamizning 24-moddasiga kiritilayotgan yangi jumla: “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosi taqiqilanadi” degan soʻzlarning mazmun mohiyati, Konstitutsiyamizdagi birorta qoida inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida keng muhokama qilindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI