Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ QIZLARI "ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI" TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO'L OLISHDI
2022-11-29    547

Xabaringiz bor, Andijon shahridagi Yoshlar markazida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo’yicha tanlovning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Sovrindorlar soni yil sayin ortib, ijodkor, san’atsevar, olima, oqila, shoira, sportchi qizlarning safi kengayib boryapti. Tanlovning respublika bosqichiga tavsiya qilingan qizlar orasida universitetimizning o'n nafar vakilasi borligi yana ham quvonarli bo’ldi. Ular:

- Fan yo’nalishidan - Nargizaxon Rahmonqulova, Hamidaxon Qosimjonova (fizika-matematika fakulteti);

- Ta’lim yo’nalishidan - Moxlaroyim Zulunova (fizika-matematika fakulteti);

- Jamoatchilik yo’nalishidan - Husniyo Jonibekova  (ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti), Moxlaroy Ummatalieva (tabiiy fanlar fakulteti);

- San'at yo’nalishidan - Moxlaroy Ibrohimjonova, Dilxavas Qodirova, Nasibaxon Ibrohimova (san'atshunoslik fakulteti);

- Sport yo’nalishidan - Maftunabonu Mahmudova, Malika Qaxxorova (jismoniy madaniyat fakulteti).

G’olib talaba-qizlarimizga respublika bosqichida omad va zafarlar tilagan holda quvonchli xabarlarni kutib qolamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.