Bugun, 28-noyabr kuni Andijon davlat universitetining tarix fakultetida professor-o’qituvchilar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda fakultet dekani, kafedra mudirlari, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, jamiyatning eng jirkanchli illati - korrupsiya ekanligi, uning oldini olish har bir insoning burchi ekanligi, ayniqsa, ta'lim sohasida bunga sira ham yo'l qo'yib bo'lmasligi ta'kidlab o'tildi.
Suhbat so'nggida fakultet dekani R.Shamsitdinov so'z olib, bugungi kunda fakultetda korrupsiyani oldini olish bo'yicha professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar o'rtasida doimiy tarzda tushuntirish-targ'ibot ishlari olib borilayotganligi aytib o'tildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI