Andijon Davlat
Universiteti
JANUBIY KOREYANING SEDJONG UNIVERSITETIGA GRANT
2018-03-26    8756

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi  va Janubiy Koreyaning Sedjong universiteti (Sejong University) hamkorligida magistratura va doktorantura (PhD) yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy grantlarni olishga tanlov e’lon qiladi.

Grant Sedjong universiteti tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ta’lim va izlanishlar davomidagi ta’lim to‘lovlarini va har oydagi 700-1100  AQSh dolloriga teng stipendiyalarni  u o‘z ichiga oladi.

Nomzodlar bilan suhbatni Sedjong universitetining professorlari  Toshkent shahrida joylashgan “Iste’dod” jamg‘armasining binosida  30 mart 2018 yil kuni soat 9:30 dan 16:30 gacha olib boradilar.

Nomzodlarga ingliz tilini a’lo darajada bilishligi talab etiladi. Koreys tilini bilishligi shart emas.

Nomzodlar o‘zining anketalarini 28 mart 2018 yil kunining  soat 18:00 gacha  quyidagi elektron manzilga ingliz tilida yuborishi mumkin. https://goo.gl/forms/7cOw4458NDMmPxGpl.

Nomzodlar o‘zining rezumesini  ganiev@istedod.uz. Elektron manzilga uyali telefon raqamini ko‘rsatgan holda yuborishi lozim.

Nomzodlarga qo‘yilgan to‘liq talablar haqida ma’lumotni:

https://docs.googie.com/document/d/1opppORIC4Nnnm9u2JheqSkkyQLni3c653vO-i1IdQE/edit?usp sharing elektron manzilda olishi mumkin.

Grant tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotni universitetning xalqaro aloqalar bo‘limidan yoki +99897877150/+998902172076 telefon raqamidan olishingiz mumkin.

Farxod ALIMOV
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.