Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETIDA "YOSHLAR OITSGA QARSHI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
2022-11-28    593

Bugun, 28-noyabr kuni Tarix fakulteti tyutorlari viloyat OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda  “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash” kuni munosabati bilan  “Yoshlar OITSga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda  viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi shifokorlari tarix fakulteti tyutorlari hamda 100 dan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Suhbatda viloyat “OITSga qarshi kurash” markazi shifokorlari tomonidan OIV/OITS infeksiyasining oldini olish, sanitariya-gigiуena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta'siridan asrash bo'yicha o'z ko'rsatmalarini berdi va  respublikamizda OIV infeksiyasining oldini olish va bemorlarga tibbiy yordamni tashkil etish bo'yicha chiqarilgan hujjatlar bilan ham tanishtirib o'tdilar.

Suhbat davomida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari barcha tadbir qatnashchilariga  ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Suhbat so'nggida talabalar mutaxassislardan o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.