Bugun, 25-noyabr kuni Andijon davlat universitetining asosiy binosida sirtqi bo'lim texnologik ta'lim yo'nalishi talabalari o'zlarining qo'l mehnati yordamida tayyorlagan mahsulotlar ko'rgazmasini tashkil etdi.
Ushbu ko'rgazmada universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev ham ishtirok etib, talabalar tomonidan yaratilgan san'at asarlari bilan yaqindan tanishdi.
Tabiiy ko'rinishga ega bo'lgan sun'iy gullar, loydan yasalgan sopol idishlar, zargarlik buyumlari va tikuvchilik, zardo'zlik namunalari barchaga birdek manzur bo'ldi.
Universitet rektori Akramjon Yuldashev ham talabalarning iqtidori va qo'li gulligini e'tirof etib, o'z qobiliyatlarini namoyon etishda zaruriy yordamlar ko'rsatilishini ta'kidlab o'tdi.
Talabalar ham o'z o'rnida minnatdorchilik ramzi sifatida qo'l mehnati yordamida tayyorlangan nafis buyumlarni rektorga tuhfa etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI