Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "MEHNATGA OID HUQUQINGIZNI BILASIZMI?" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI
2022-11-24    462

Joriy yilning 24-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi apparati bilan hamkorlikda "Mehnatga oid huquqingizni bilasizmi?" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisi Q.Dilshodbek, mehnat texnik inspektori M.Azimxodjayev, universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi M.Botirov,  professor-o'qituvchilar, ishchi xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Dastlab, uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan mehnatga oid qonunchilik normalari, qonunlar ijrosini ta'minlash, sohaga oid kutilayotgan yangiliklar bo'yicha atroflicha tushunchalar berildi.

Uchrashuvda so'zga chiqqan M.Azimxodjayev “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisi”dagi Namunaviy nizom talablariga rioya qilish orqali baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini oldini olish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash hamda shu soha boʻyicha rahbar-xodimlar malakasini oshirish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik boʻyicha jamoat nazoratini tashkil etish borasida atroflicha to'xtalib o'tdi.

Davra suhbati yakunida universitet mehnatni muhofaza qilish bo'limi tomonidan inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi omillarni o‘z vaqtida yo‘qotish choralarini ko‘rish maqsadida oliygohda tibbiy ko‘riklar sifatini oshirish, ish joylarida stressni bartaraf etish hamda kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.