Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ PROFESSOR-O'QITUVCHILARI ISHTIROKIDA “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
2022-11-22    619

Mamlakatimizda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati, islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati hamda islom dinida mutaassiblik va jaholatning qoralanishi, “Jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish g‘oyasining ahamiyati, ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish kabi bir qator dolzarb masalalar oldimizda turibdi.

Bugun, 22-noyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida viloyat hokimining o'rinbosari Rahmatillo Arziyev boshchiligida oliygohimiz professor-o'qituvchilari uchun “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev, Imomi A'zam jome masjidi imom-hatibi Isomiddin domla, universitetimiz professor-o'qituvchilari ishtirok etdi. 

Dastlab, tadbirda Rahmatillo Burhonovich so'z olib, bugungi globallashgan jamiyatda jaholatga jaholat bilan emas, balki ma'rifat bilan javob qaytarish lozimligi, axborot asrida axborot xurujlardan toza ong va keng dunyoqarash bilangina himoyalanish mumkinligini eslatib o'tdi.

Shundan so’ng, so‘zga chiqqan Isomiddin domla har qanday jamiyatning ahli ziyolisi tarbiyalanuvchilarga keng ko'ngillik, iymon-e'tiqodni o'rgatmog'i, zulm yo'li juda qisqa ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuv davomida universiteti rektori A.Yuldashev davlatimiz rahbari mamlakatimizda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Suhbat yakunida yigʻilganlarning mavzu borasida fikr va mulohazalari tinglandi va oʻrtaga tashlangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.