Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA NABI JALOLIDDIN TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN IJODIY KECHA BO‘LIB O‘TDI
2022-11-22    610

Bugun, 22-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ''Shuhrat" medali sohibi Nabi Jaloliddinning 60 yoshiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuvda universitetning birinchi prorektori A.Hamraqulov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari Xurshidabonu Vahobjon qizi, N.Norqobilov, adabiyotshunos olim Z.Isomiddinov, Sharq yulduzi jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo'limi rahbari Z.Toshtemirova oliygohimiz professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida yozuvchi va olimlar adibning hayoti va ijodi, yaratgan asarlari va mazmunli umr yo'li haqida ijobiy va iliq fikrlarni bildirib o'tdilar.

Xususan, adabiyotshunos olim Zuhriddin Isomiddinov so'zga chiqib, Nabi Jaloliddinning yaratgan asarlaridagi o'ziga xosliklar, adabiy kechinmalar va o'xshatishlarning takrorlanmasligi borasida so'z yuritgan bo'lsa, yozuvchi Normurod Norqobilov shoirning adabiyot maydonida tutgan o'rni borasida alohida ta'kidlab o'tdi.

 

Qizg'in mulohazalarga boy bo'lgan uchrashuv barchaga birdek manzur bo'ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.