Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 24-sentyabrdagi buyrugʻi hamda Andijon davlat universiteti rektorining 2022-yil 14-noyabrdagi topshirig'iga asosan Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov boshchiligida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarni kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha xonadonlariga tashriflar uyushtirildi.
Fakultetda kuz–qish mavsumi davomida uzluksiz ravishda talabalarning ijara xonadonlarini o'rganish reja grafigi ishlab chiqildi. Rejaga muvofiq joriy yilning 15-noyabr kuni fakultet dekani R.Shamsitdinov va tyutor F.Ibroximovalar 26 nafar talaba istiqomat qilayotgan 3 ta xonadonda suhbatlar oʻtkazdilar. Suhbatlarda, kuz –qish mavsumini betalofat oʻtkazish, favqulodda vaziyatlarda talabalarning qanday xatti –harakat qilishlarini tushuntirish, tabiiy gazdan foydalanish, yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish va sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish boʻyicha tushuntirish ishlari va oʻrganishlar olib borildi.
Shuningdek, fakultet dekani R.Shamsitdinov ijara xonadon egalariga ijarachi talaba ichki ishlar organlari tomonidan ushbu xonadonga vaqtincha roʻyhatga olinishi, uy egasi muntazam aloqada boʻlishi, ijarachi talabani doimiy nazorat qilishi, oʻqishga borishi va kelish vaqtlarini belgilab, turli xil koʻngilsizliklardan yaʼni ichkilik, kech kelish kabi noxush holatlarni oldini olishini, agar bunday holatlar kuzatilsa, birinchi navbatda tyutoriga murojaat qilish kerakligini ham alohida taʼkidlab oʻtdi. Suhbat davomida talabalarni muammo va takliflari oʻrganildi. Fakultet dekani tomonidan tyutorlarga kerakli koʻrsatmalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI