Bugun, 19-noyabr kuni universitetning katta majlislar zalida "Jinoyatdan holi fakultet" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir hamda “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusidagi videorolik namoyishi bo'lib o'tdi.
Unda IIB FVV boshqarma boshlig’i o’rinbosari Mayor M.Do’schanov, Andijon viloyati FVB bo’lim boshlig’i O.Qo’ldoshev, IIB voyaga yetmagan va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish inspektori M.Xusanov, dekan o’rinbosarlari, bo'lim boshliqlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab tadbirni universitet birinchi prorektori A'zamjon Hamraqulov kirish so'zi bilan ochib berdi va qatnashchilarga filologiya fakulteti talabalarining “Jinoyatdan holi fakultet” mavzusida tayyorlagan videoroliklari namoyish etildi.
Shundan so'ng, M.Do'schanov so'zga chiqib, 15-noyabrdan, 15-dekabrgacha "Yong'in xavfsizligi oyligi" etib belgilanganligi, shu sababli barcha fuqarolar faol ishtirok etib, yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini eslatib o'tdi.
So'ngra jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo'yicha inspektor M.Husanov so'z olib, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirish borasida o'z tavsiyalarini berib o'tdi. Shundan so'ng, "Jaholatga qarshi ma'rifat" nomli vodeorolik namoyish etildi.
Tadbir yakunida iqtidorli talaba-yoshlar hamda “Jinoyatdan holi fakultet” mavzusida tayyorlangan videorolik g’oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI