Bugun, 18-noyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Andijon viloyati prokuraturasi hamda universitet korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi hamkorligida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Andijon viloyati prokuraturasi uyushmagan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tergovchisi N.Odilov, Uyg'ur jome masjidi imom hatibi A.Artikov, universitetimiz birinchi prorektori A.Hamraqulov, kafedra mudirlari, bo'lim boshliqlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda N.Odilov so'z olib, universitetda korrupsiyasiz faoliyat tashkil etish, o'quv jarayonlariga, oraliq nazorat va baholash ko'rsatkichlari uchun tamagirlik holatlarining oldini olish borasida alohida to'xtalib o'tdi hamda shunday holatlarga duch kelganda universitetning maxsus korrupsiyaga qarshi kurashishga mo'ljallangan botiga murojaat qilishlari mumkinligini aytib o'tdi.
Masjid imom hatibi so'zga chiqib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida dinni noto'g'ri talqin qilib yurgan turli guruhlarning aldoviga uchmaslikni, bugun mamlakatimizda islom dinini o'rganishni maqsad qilganlar uchun barcha sharoitlar yaratilgani borasida to'xtalib o'tdi.
Uchrashuv songgida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassisi tomonidan yetarlicha javob berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI