Bugun, 17-noyabr "Butunjahon talabalari kuni" ushbu sana munosabati bilan viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida hokim va talabalar uchrashuvi tashkil etildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni bayram bilan muborakbod etib, o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Uchrashuv so'nggida Andijon davlat universitetida "Xalqaro talabalar kuni" hamda "Talabalar haftaligi" haftaligi doirasida belgilangan reja asosida turli tanlov va musobaqa go'liblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Taqdirlash marosimida g'olib bo'lgan bir guruh talaba-yoshlar universitet rektori, professor Akramjon Sultanmuradovich tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI