Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY FALSAFA IXTISOSLIGI BOʻYICHA ILMIY KENGASHNING ILMIY SEMINARI YIGʻILISHI HAQIDA EʼLON
2022-11-12    352

Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi 2022-yil 19-noyabr kuni soat 10:00 da boʻlib oʻtadi.

Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:
1. Fargʻona davlat universiteti tadqiqotchisi SHOKIROV TOXIRJON NURMAMATOVICHning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “OʻZBEK MILLIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA VORISIYLIK: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL (Musiqiy meros misolida)” mavzusidagi falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi.

Ilmiy raxbar: FarDU professori, falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.Qambarov.
Taqrizchilar:

1-taqrizchi, NamMI dotsenti, falsafa fanlari boʻyicha PhD, dotsent I.Ubaydullayev
2-taqrizchi, NamDU dotsenti, falsafa fanlari nomzodi, dotsent S.Norqoʻziyev
2. Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi ASRAQULOVA ADIBA NABIYEVNAning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “UCHINCHI RENESSANS SHAROITIDA OʻZBEKISTONDA YoSHLAR IQTISODIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI” mavzusidagi falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi.
Ilmiy raxbar: NamDU fakultet dekani, falsafa fanlari boʻyicha PhD, dotsent R.Zamilova.
Taqrizchilar:

1-taqrizchi, FarDU kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori, dotsent B.Ganiyev
2-taqrizchi, ADU dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent M.Yunusova 3. Turli masalalar.
Ilmiy seminarning majlisiga barcha seminar aʼzolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

Majlis Andijon davlat universiteti ARM binosi, 3-qavat, 301- xonada boʻlib oʻtadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.