Andijon Davlat
Universiteti
TALABALAR O'RTASIDA "YANGI O'ZBEKISTON BILIMLI VA SHIJOATLI YOSHLAR QO'LIDA!" MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O'TKAZILDI
2022-11-17    532

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o'rtasida turli tanlovlar hamda musobaqalar oʻtkazilmoqda.

Bugun, 16-noyabr kuni universitetimizda “Yangi O‘zbekiston bilimli va shijoatli yoshlar qo‘lida!” mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.

Unda universitetimizning barcha fakultetlaridan 12 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tanlovni universitetimizning filologiya fakulteti mutaxassislari nazorat qilib bordi.

Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o'rinni Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi Durdonaxon Foziljonova, 2-o'rinni San'atshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Adahamjon Xojimatov, 3-o'rinni Axborot texnologiyalari va kompyuter injineringi fakulteti 2-bosqich talabasi Sirojxon Axtamov egalladi.

G'oliblarimizni barcha yoshlarimiz nomidan tabriklaymiz!

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.