Joriy yilning 12-15-noyabr kunlari universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan fizika-matematika, pedagogika va sanʼatshunoslik fakultetlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazildi.
Davra suhbatida fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida dastlab boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, soxaga oid qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, korrupsion holatlarning oqibatlari to‘g‘risida atroflicha tushuncha berib o'tdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish Oʻzbekistonda ham davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Buni soʻnggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida koʻrishimiz mumkin - deydi. A.Akbarov
Uchrashuv davomida fakultet dekanlari Oliy taʼlim sohasini korrupsiyadan holi sohaga aylantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani va bunga qarshi kurashishda barcha birdek mas’ul ekanini alohida ta'kidladilar.
Suhbat yakunida bo’lim tomonidan qilinishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI