Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "DAVLATIMIZ BAYROG'I - FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ" SHIORI OSTIDA IJODIY TANLOV O'TKAZILDI
2022-11-12    439

Joriy yilning 12-noyabr kuni Andijon davlat universitetida talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan fakultetlararo “Davlatimiz bayrogʻi – fahrimiz, iftixorimiz” shiori ostidagi ijodiy ishlar tanlov o'tkazildi.


Ushbu tanlovda fakultetlardan jami 7 nafar iqtidorli tasviriy sanʼatga qiziquvchan talabalar ishtirok etdilar.
Nizom asosida Hayʼat aʼzolari kuzatuvi ostida ishtirokchilar oʻzlarining dunyoqarashlari, ijodiy fikrlashlari asosida mavzu boʻyicha belgilangan vaqt davomida ijodiy ish yaratib, hayʼat a'zolariga taqdim etdilar.

Tanlov natijalariga ko'ra:


1 - oʻrin Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Begoyim Abdurashidova
2 - oʻrin Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Oyatillo Qodirjonov
3 - oʻrin Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi Muqaddasxon Poziljonova 

G'oliblar "Xalqaro talabalar kuni" arafasida tantanali ravishda taqdirlanadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.