Joriy yilning 10-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig’ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor R.Mullajonov, rektor maslahatchisi A.Yuldashev, Viloyat IIB korrupsiya qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i F.Najimov, viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i A.Mamadaliev, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
O’tkazilgan yig’ilishda dastlab viloyat IIV korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i F.Najmiddinov so’zga chiqib, bugungi kunda korrupsiya dolzarb masala ekanligi hamda bu illatga qarshi barcha birlashishi kerakligini aytib o’tdi.
Yig’ilish davomida universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov millat kelajagiga xavf soluvchi bu kabi yomon illatga qarshi barcha birlashib, yakdil harakat qilmog’i kerakligi haqida fikr yuritdi. Hamda oliy ta’lim tizmini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida salmoqli say-harakatlar olib borilayotgani haqida gapirib o’tdi.
Uchrashuv so'nggida, universitet korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i A.Akbarov so’z olib, “Bu ishlarga keng jamoatchilikni jalb etsak va korrupsion holatlarni oldini olishga har bir inson vijdonan yondashsagina bu illatdan qutula olamiz”-deya so’zini yakunladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI