Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ PROFESSOR-O'QITUVCHILARI VA TALABALARI UCHUN “JAHOLATGA QARSHI MARIFAT” MAVZUSIDAGI VIDEOROLIK NAMOYISH ETILDI
2022-11-08    256

Joriy yilning 8-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida oliygohimiz professor-o'qituvchilari hamda talabalari uchun “Jaholatga qarshi marifat” mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

Kinofilm namoyishida filologiya fakultetining professor-o'qituvchilari hamda fakultetning 1-2-bosqich talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Rashid Malikovning real voqealar asosida suratga olingan filmi syujetning boyligi, ijro mahoratining yorqinligi bilan barchaga birdek manzur bo'ldi.

Kinofilmdan so'ng, mutasaddilar yig'ilganlarga filmning mazmun-mohiyati, inson qadri, Vatan sogʻinchi, tinchlik va farovonlikning qanchalik bebaho neʼmat ekanligi haqida tushuntirish berib o'tdilar hamda uning muhokamasi bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.