Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI EGEY UNIVERSITETI PROFESSORLARI BILAN ZOOM DASTURI ORQALI MULOQOT OLIB BORDI
2022-11-03    381

Xabaringiz bor joriy yilning 9-10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida O'zbekiston-Turkiya OTMlari forumi bo'lib o'tgan edi.

Mazkur forumda Andijon davlat universiteti Turkiyaning Egey universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzolagan.Ushbu hamkorlik doirasida 2-noyabr kuni ikki universitet o'rtasida qo'shma taʼlim dasturini tashkil etishga bag'ishlangan navbatdagi masofaviy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Andijon davlat universiteti rektori professor Akramjon Yuldashev Egey universiteti rektori professor Necdet Budak bilan qo'shma ta'lim dasturi doirasida muzokara olib bordi. Uchrashuv davomida professor A.S.Yuldashev ushbu dastur natijasida ikki oliy ta’lim muassasasida tabiiy fanlar fakultetining hamkorligi jadal rivojlanib kelayotganligini alohida ta'kidladi.

Bundan tashqari, rektorlar kelgusida amalga oshirishi lozim bo’lgan hamkorliklar borasida ham fikr almashdilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.