Joriy yilning 31-oktabr kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida universitet Yoshlar yetakchisi Omadbek Olimjonov boshchiligida fakultet yetakchilari hamda kengash a’zolarining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig’i A.Akbarov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi T.Moʻydinov hamda Yoshlar ittifoqi a’zolari ishtirok etdi.
Dastlab Abdukarim Akbarov soʻz olib, oliy taʼlim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirib kelinayotgani haqida ma’lumot berdi va korrupsiya jamiyatning kushandasi ekanligi, uning zanjirini uzish, sog'lom raqobat muhitini yaratish masalalariga alohida to'xtalib o'tildi.
Uchrashuv davomida Tursunboy Mo’ydinov mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, yoshlar uchun mavjud shart-sharoitlar to‘g‘risida hamda bu borada Yoshlar ittifoqi tomonidan olib borilayotgan islohatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida Yoshlar ittifoqi yetakchisi boshchiligida oliygohimizdagi talaba-yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zakovat, kitobxonlik, quvnoqlar va zukkolar va sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga doir qator taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI