Maʼlumki, ayni kunlarda yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan tashabbus qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi keng qamrovda davom etmoqda. Korxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda oʻquv muassasalaridaham ushbu loyihada oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda.
Bugun, 10-noyabr kuni Andijon davlat universiteti hamda Akademik litsey hududlarida universitetimiz rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi bo'yicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Aksiya doirasida Andijon davlat universitetining asosiy hududi hamda universitet qoshidagi Akademik litsey hududiga 150 dan ziyod daraxtlarga oqartuv ishlov berilgan boʻlsa, 500 dan ziyod mevali, 600 dan ziyod manzarali koʻchat hamda 300 tup kuz-qish mavsumining sovuqqa chidamli gullari ekildi.
Bu kabi aksiyalar nafaqat mamlakatimiz obodligiga hissa qoʻshadi, qolaversa, yosh avlodni birdamlik va hamjihatlikka, tabiatga befarq boʻlmaslikka chaqiradi.
Andijon davlat universitetida daraxt ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” loyiha doirasidagi aksiyalar davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI