Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA ENG YAXSHI KITOBXON TALABA ANIQLANDI
2022-11-09    459

Joriy yilning 9-noyabr kuni "Yoshlar haftaligi" doirasida Andijon davlat universitetida talabalar o'rtasida kitobxonlik bo'yicha tanlov bo'lib o'tdi.

Dastlab, tanlovni filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov o'z so'zi bilan ochib berdi hamda kitobxonlikning bugungi kunda eng dolzarb va ortga surib bo'lmas ehtiyoj ekanligini, uni targ'ib qilish va kitobxonlar safini kengaytirish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini aytib o'tdi.

Ushbu tanlovda universitetning 30 ga yaqin kitob sevar talabalari ishtirok etdi hamda bu jarayonlarning adolatli va shaffofligini keng jamoatchilik kuzatib bordi.

Yuqori darajada tashkil etilgan ushbu tanlovda:

1-o'rin Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi Mushtariy Kozimjonova

2-o'rin Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Azizaxon Xo'jayeva

2-o'rin Fizika-matematika fakulteti talabasi Kamolaxon Ne'matova

3-o'rin Pedagogika fakulteti talabasi Durdonaxon Foziljonova

Eslatib o'tamiz, tanlov va musobaqalarda go'lib bo'lgan jamoalar "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan universitetda o'tkaziladigan tadbirda qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlanadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.