Andijon Davlat
Universiteti
"TALABALAR HAFTALIGI" DOIRASIDA TALABALAR O'RTASIDA STOL TENNIS MUSOBAQASIGA START BERILDI
2022-11-10    448

Ma'lumki, Andijon davlat universitetida "Talabalar haftaligi" doirasida turli musobaqalar tashkil etilmoqda.



Bugun, 10-noyabr kuni Andijon davlat universitetining "Barkamol avlod" sport zalida fakultetlararo erkaklar va ayollar o'rtasida sportning stol tennis turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.


Ushbu tashkil etilgan musobaqada universitetimizning 8 ta fakultetlaridan jami 16 nafar talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

 

 

Murosasiz va shiddatli kechgan musobaqa juda qizg’in va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra erkaklar o'rtasida:

1-o'rin - Fizika-matematika fakulteti talabasi Otabek Narzullayev

2-o'rin - Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi Muhammadyusuf Yoqubov

3-o'rin - Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Javohir Sautto'rayev

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra ayollar o'rtasida:

1-o'rin - Pedagogika fakulteti talabasi 

2-o'rin - Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi Mohlaroy Orifjonova

3-o'rin - Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Naziraxon Mashrapova

 

Mazkur musobaqada go'lib bo'lgan talabalar "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan universitetda o'tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi. G'olib talabalarni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.