Andijon Davlat
Universiteti
IQTIDORLI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZILDI
2022-11-10    661

Joriy yilning 8-noyabr kuni Andijon davlat universitetining pedagogika fakultetida dotsent Feruza Qo'chqorova tashabbusi bilan "Uchinchi Renessans poydevorini birgalikda yaratamiz" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni fakultet dekani, dotsent Muhammadjon To'rayev kirish so'zi bilan ochib berdi. Mazkur t1adbirda bir qator iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Jumladan:

Qobiljonov Ulug'bek Nodirjon o'g'li - Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi, Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i va Viloyat "Inklyuziv ta'lim markazi" rahbari, "Mustaqillikning 30 yilligi" esdalik ko'krak nishoni sovrindori;
Muhammadjonov Xojiakbar Zafarjon o'g'li - Xalqaro Islom Akademiyasining 2 bosqich magistranti, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori;


Abduraxmonov Akmaljon Yunusbek o'g'li - Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchisi, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori;
Odiljonova Sarvinoz Azizbek qizi - "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi, ADChTI talabasi;
Mashrabova Muxlisa Alijon qizi - "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi, Andijon davlat universiteti talabasi hamda "Nihol" mukofoti sovrindorlari ishtirok etdilar.

Dastlab, iqtidorli yoshlar bunday yuksak muvaffaqiyatlarining sirlari bilan o'rtoqlashdilar, so'ngra talabalarni qiziqtirgan savollariga tengdoshlari tomonidan javob berildi.

Tadbir so'nggida iqtidorli yoshlarga fakultet dekani  Muhammadjon To'rayevning  esdalik sovg'alari topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.