Bugun, 8-noyabr kuni Andijon davlat universitetida "Yoshlar haftaligi" doirasida “Barkamol avlod” sport zalida universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlar oʻrtasida “Qiyiq tortish” boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi.
Ushbu musobaqada 8 ta jamoa munosib ishtirok etdi. Murosasiz va oʻta qizgʻin tarzda boʻlib oʻtgan musobaqa natijalariga ko'ra:
1-o'rin - Pedagogika fakulteti jamoasi
2-o'rin - Filologiya fakultetining jamoasi
3-o'rin - Tabiiy fanlar fakultetining jamoasi
G'olib jamoalarni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida omadlar tilab qolamiz.
Talaba-qizlar oʻrtasida bunday tarzdagi sport oʻyinlarini tashkil etish har bir yosh kelajak avlodni sogʻlom-turmush tarzi ruhida tarbiyalash hamda ular oʻrtasida sportni yanada kuchli targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI