Andijon Davlat
Universiteti
"YOSHLAR HAFTALIGI" DOIRASIDA "DEKAN KUBOGI" UCHUN TALABALAR O'RTASIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASINING FINAL UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
2022-11-09    427

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" hamda universitetda "Yoshlar haftaligi" doirasida "Dekan kubogi" uchun talabalar o'rtasida mini futbol musobaqasiga start berilgan edi. Bugun, 9-noyabr kuni mazkur musobaqaning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada fakultetning barcha yo'nalishlaridan tashkil topgan 16 ta jamoa maydonda murosasiz bahs olib bordi.

 

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:

1-o'rinPedagogika psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari jamoasi
2-o'rinMilliy g'oya yo'nalishi 4-bosqich talabalari jamoasi
3-o'rinTurizm yo'nalishi 2-bosqich talabalari jamoasi

 

Qiziqarli bo‘lib o‘tgan uchrashuv so'nggida g'olib jamoalarga fakultet dekanining tashakkurnomasi, esdalik sovg'alari, 1-o'rinni egallagan jamoaga esa "Dekan kubogi" tantanali topshirildi.

 

Musobaqada mutloq g'olib bo'lgan jamoa a'zolarini qutlaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ham omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.