Ma'lumki, Andijon davlat universitetida "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" hamda "Yoshlar haftaligi" doirasida turli tanlov va musobaqalarga start berilgan.
Bugun, 9-noyabr kuni Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi tomonidan tashkil etilgan talabalar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining yakkalik turniri bo'lib o'tdi.
Tashkil etilgan yakkalik bahsda 80 nafar talaba o’zlarining bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.
Qizg'in va murosasiz o'tkazilgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o‘rin Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi Shahbozbek Qo‘chqorov Shahbozbek (140 ball)
2-o‘rin Tarix fakulteti talabasi Sayyora Farhodbekova (130 ball)
3-o‘rin Tarix fakulteti talabasi Kozimjon Yo‘ldoshev (60 ball)
4-o‘rin Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Yahyobek Yunusov (10 ball
5-o‘rin Fizika-matematika fakulteti talabasi Avazbek Olimjonov (0 ball)
6-o‘rin Tarix fakulteti talabasi Nusratillo G‘anijonov ( minus 10 ball)
Mazkur turnirda go'lib bo'lgan jamoalar "17-noyabr - Butunjahon talabalar kuni" munosabati bilan universitetda o'tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi. G'olib talabalarni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI