Bugun, 8-noyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan tabiiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida boʻlim boshligʻi A.Akbarov, fakultet dekani N.To'xtaboyev, , dekan o'rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilari va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida, dastlab, boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, oliy taʼlim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilib kelinayotganini aytib, hozirgi kunda test sinovlari Davlat test markazi tomonidan, ijodiy imtixon jarayonlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan tashkil etilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Bundan tashqari, fakultet professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, tyutorlar hamda talabalar oʻrtasida korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha doimiy ishlar olib borilayotganligi ham aytib o'tildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI