Andijon Davlat
Universiteti
NAVRO'Z SAYLI
2018-03-20    4786

Bahor- bizlarga bebaho bayramlar tortig' etuvchi fasl.
Undagi ayyomlardan biri bu albatta, Navroʻzi olamdir.

Yoshu-qari, erkagu-ayol birdek sog'inib,sabrsizlik bilan kutguvchi Navroʻzning kirib kelishi, gashti bo'lakcha.
Qahraton qishning quchogʻidan qutilgan ko'klamoyning sochgan ko'klaridan lazzatbaxsh milliy taomlarimiz tayyorlanadi, xalqimizning tantiligiga mos va hos boʻlgan katta doshqozonlarida mo'tabar taom- sumalaklar qaynaydi.
Xullas, bu bayramning zavqu-shavqi o'zgacha.
Muhtaram yurtboshimizning "Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Andijon Davlat Universitetining rektori Akramjon Yo'ldoshev boshchiligida Pedagogika va Tarix fakultetlarining barcha professor-o'qituvchilari Navroʻz sayllariga "start" berdilar.
Ushbu uyushgan ulkan jamoa Andijonimizdagi so'lim maskanlardan biri - "Bog'i Bobur"ga tashrif buyurdilar.
Universitetimizning ustozlari nafaqat zo'r o'qituvchilik mahoratiga ega ekanliklarini balki, mohir oshpaz va pazanda ekanliklarini ham tayyorlab kelgan tansiq bahoriy taomlari va shirinliklari bilan namoyish qildilar.
Andijon davlat universiteti rektori o'z hamkasb jamoadoshlarini bayram bilan samimiy qutladi. Yangilanish faslida ulardan yangidan- yangi zafarlar kutayotganini ta'kidlab o'tdi.

Milliy o'rindiqlarimiz bo'lgan- qator so'rilarni barchasini band qilgan ziyokorlar , bir piyola choy ustida dildan gurunglashdilar.
Pedagogika fakulteting dekani Charosxon Shokirova barchani bayram bilan tabriklab so'zga chiqdi, so'ngra o'qituvchilarni raqsga chorladi.
Davraga bayramona shukuhni olib kirishda pedagogika fakultetining yoshlar ittifoqi yetakchisi Ilhomjon Boltaboyevning hissasi katta bo'ldi. U bezagan milliy ruhdagi davra va tashkillashtirgan bayram dasturi hammaning e'tirofiga sazovar bo'ldi.
Barcha musiqiy ta'lim yo'nalishining mahoratli san'atkor ustozlari ijro etgan kuy-u qo'shiqlaridan bahramand bo'ldilar.
Bayram qosh qoraygunga qadar davom etdi.

Diloromoy ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.