Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "TA'LIM SIFATIGA TA'SIR KO'RSATAYOTGAN SALBIY OMILLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI" MAVZUSIDAGI UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA
2022-11-07    351

Bugun, 7-noyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov "Ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatayotgan salbiy omillar va ularni bartaraf etish choralari" mavzusida tarix fakulteti professor-o'qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.

Prorektor universitetning O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi hamda Fuqarolik jamiyati nazariyasi  fakultetlarining professor-o'qituvchilari bilan o'zaro fikr almashib, ta'lim jarayonlarida sohaga oid qilinishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi.

Ushbu uchrashuv universitet faoliyatiga oid turli masalalar muhokama etildi va oldini olish choralari belgilandi. Bundan tashqari, oliygoh ichki tartib qoidalariga qat'iy amal qilish masalasiga ham alohida to'xtalib o'tildi.  

Shu bilan bir qatorda ta'lim jarayonlarida korrupsion holatlarning oldini olish, o'quv jarayonlarining shaffofligin ta'minlash, qolaversa, bu borada talabalar hamda universitet professor-o'qituvchilari orasida targ'ibot ishlarini olib borish lozimligi ham alohida ta'kidlab o'tildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.