Andijon Davlat
Universiteti
BAYRAM TABRIGI
2018-03-19    5895

Assalomu alaykum aziz hamkasblar, qadrli professor-o‘qituvchilar hamda ilmga chanqoq talaba-yoshlar. Sizlarni va Siz orqali oila a’zolaringizni yangilanish, yuksalish, mehr-muruvvat va xayru saxovat bayrami - Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman.
Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy urf-odatlarini o‘zida mujassam ettirgan bayram hisoblanadi. Mustaqillik yillarida Navro‘z shodiyonalari yangicha mazmunga ega bo‘ldi. Xalqimizning sevimli, intiqib kutuvchi bayramlaridan biriga aylandi. Navro‘z tantanalarining bu yil yurtboshimiz tashabbusi bilan “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!» shiori ostida tashkil etilganligi, yurtimiz uzra o‘zgacha shukuh, o‘zgacha tarovat baxsh etdi.
Aziz yurtdoshlar! Muhtaram yurtboshimiz aytganidek har kuningiz bayram va shodiyonalarga to‘la bo‘lsin. Oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st-u, birodarlaringiz baxtiga sog‘-salomat bo‘ling. Bahoriy kayfiyat, shodu xurramlik, “Navro‘zi olam” tarovati Sizlarni aslo tark etmasin.

Hurmat bilan,

Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.