Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY KENGASHINING 2022/2023-O’QUV YILIDAGI 3-SONLI YIG’ILISHI O’TKAZILDI
2022-11-05    428

Bugun, 5-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet Ilmiy kengashining 2022/2023-o'quv yilidagi 3-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Dastlab, universitet rektori Akramjon Yuldashev Prezident farmon va qarorlari hamda uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarini belgilash va berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berib o'tdi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Dastlab, universitetning Kengashi tarkibiga o'zgartirish kiritish masalasi muhokama qilindi. Shundan so'ng, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i A.Akbarov so'zga chiqib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish, universitet professor-o'qituvchilari va ishchi-xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish hamda korrupsiyasiz ta'limni joriy qilish bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Yig'ilishda o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov so'z olib, o'quv jarayonining qanday tashkil etilganligi, o'quv-me'yoriy hujjatlarni yuritilish holati, ish yuritish tartiblari, talabalarga yaratilgan sharoitlar, qo'shma ta'lim dasturlarida ta'lim sifatining holati va ayni damdagi xorijiy talabalar bilan ishlash mexanizmlari borasida so'z yuritdi.

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Hamraqulov esa talaba-yoshlar orasida olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar va ularning targ'iboti borasida batafsil to'xtalib o'tdi. Shu bilan bir qatorda shu sohada olib borilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qilib, kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha kelgusi bir oy davomidagi qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.