Joriy yilning 4-noyabr kuni Andijon davlat universitetida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida "Ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatayotgan salbiy omillar va ularni bartaraf etish choralari" mavzusida davra suhbatlari davom etmoda.
Prorektor universitetning matematika, fizika va informatikani o'qitish fakultetlarining professor-o'qituvchilari bilan o'zaro fikr almashib, ta'lim jarayonlarida sohaga oid qilinishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi.
Bundan tashqari, R.Mullajonov oliygohimizda ta'lim sifatini oshirish, dars jarayonlariga kech qolmaslik, mustaqil ta'limni shakllantirish, eng asosiysi, hujjatlar yuritishni to'g'ri tashkil etish borasida tavsiyalar berib o'tdi.
Prorektor uchrashuv so'nggida professor-o'qituvchilarning muammo va takliflarini atroflicha o'rganib, kelgusi rejalarni belgilab oldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI