Joriy yilning 3-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyati hokimligining 2022-yil 31-oktabr kungi xatidagi topshiriqning ijrosini taʼminlash maqsadida oliygohimizdagi talaba-qizlar ishtirokida “Milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Yigʻilishda viloyat targʻibot guruhi rahbari Mufazzalxon Qodirova, viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi katta mutaxassisi Barnoxon Abbosova, viloyat IIB kiberxavfsizlikka qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimi Abbosbek Ulugʻbekov, universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Hamraqulov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi U.K.Ahmedova hamda 300 nafardan ziyod talaba-qizlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida talaba-qizlar oʻrtasida milliy qadriyat va anʼanalarimizni ulugʻlash, keksa avlod vakillarining oilani mustahkamlash borasidagi boy hayotiy tajribalarini oʻrganish, qizlarning kiyinish madaniyati, milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmatini yanada yuksaltirish, yot gʻoyalardan himoya qilishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv so'nggida, A.Hamraqulov ta'lim muassasamizda talaba-yoshlarning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizni e’zozlash ruhida tarbiyalash, ma’naviy muhitni yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini takidlab o'tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI