Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING XORIJIY OLIY TA'LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANMOQDA
2022-11-03    784

Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsitdinov 2022-yilning 19-oktabr 2-noyabr kunlari AQShning Indiana va Turkiya Respublikasining Istanbul madaniyat universitetlariga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Safar davomida Indiana universiteti professori Mariana Kemp rahbarligidagi “O‘rta Osiyo 1991: aytilmagan tarix” xalqaro grant loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan seminarda qatnashdi. Grant loyihasini moliyalashtiruvchi AQShning tegishli fondiga tayyorlangan loyiha konsepsiyasi 15-noyabrda taqdim etilishiga kelishildi. 3 yilga mo‘ljallangan ushbu loyihaning (150 ming AQSh dollari) moliyalashtirilishi 2023-yil 1-yanvaridan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.     

Shuningdek, Yevroosiyo tarixini o‘rganish jamiyatining navbatdagi 23-Xalqaro ilmiy konferensiyasida dunyoning ko‘plab mamlakatlarining universitetlari qatori universitetimiz vakili R.Shamsitdinov   qatnashdi. Ilmiy anjumanga O‘zbekiston Respublikasining AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vaxobov tashrif buyurdi. Kelgusida Indiana universiteti va O‘zbekiston universitetlari bilan aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida gapirdi. O‘z navbatida R.Shamsitdinov Andijon davlat universitetining Tarix fakulteti Indina universiteti bilan 1995-yildan buyon amaliy aloqalar o‘rnatilganligi, ayniqsa, muhtaram prezidentimizning Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish borasidagi qator Qarorlarini xayotga tadbiq etish maqsadida 2017-yildan buyon fakultetlar o‘rtasida ko‘plab ilmiy, amaliy tadbirlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

21-oktabr o‘zbek tilini 33 yilligi munosabati bilan AQShning Indiana  universitetida doktorant va turli soha vakillari bilan Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti talabalari ZOOM dasturi orqali uchrashuv muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan Kris Fort ham qatnashdi. Qolaversa, R.Shamsitdinov Indiana universitetida talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatishni o‘tgan asrning 70-yillarida birinchi bo‘lib boshlagan afsonaviy Bill Fierman bilan uchrashish sharafiga muyassar bo‘ldi. 

Safar davomida R.Shamsitdinov Turkiya Respublikasining O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixi va adabiyoti bo‘yicha ixtisoslashgan  Istanbul madaniyat  universitetiga tashrif buyurib, adabiyot va tarix fakulteti dekani, professor Salim Qaraxasano‘g‘li hamda fakultet tarixchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida universitetlarimiz o‘rtasida ilmiy, akademik hamkorlik o‘rnatish yuzasidan tegishli amaliy kelishuvlarga erishildi. 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.