Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 3-noyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida "Ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatayotgan salbiy omillar va ularni bartaraf etish choralari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Prorektor universitetning fakultetlararo chet tillari, ekologiya va botanika, kimyo, zoologiya va biokimyo hamda geografiya kafedralarining professor-o'qituvchilari bilan o'zaro fikr almashib, ta'lim jarayonlarida sohaga oid qilinishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi.
Bundan tashqari, R.Mullajonov oliygohimizda ta'lim sifatini oshirish, dars jarayonlariga kech qolmaslik, mustaqil ta'limni shakllantirish, eng asosiysi, hujjatlar yuritishni to'g'ri tashkil etish borasida tavsiyalar berib o'tdi.
Prorektor uchrashuv so'nggida professor-o'qituvchilarning muammo va takliflarini atroflicha o'rganib, kelgusi rejalarni belgilab oldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI