Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA REKTOR HUZURIDAGI NAVBATDAGI KENGAYTIRILGAN YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI
2022-11-02    433

Bugun, 2-noyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida rektor huzuridagi navbatdagi kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda prorektorlar, rektor maslahatchilari, dekanlar, dekan o'rinbosarlari, boʻlim boshliqlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.

Mazkur yigʻilishda universitet rektori oʻquv jarayonlarini samarali tashkil etish, talabalarning muammolarini oʻrganish va bartaraf etish borasida qanday ishlar amalga oshirilayotganligi haqida fikr yuritdi.

Uchrashuv davomida universitet rektori tyutorlar bilan ham alohida suhbatlashib, talabalarning muammolarini tizimli oʻrganish, TTJlarda istiqomat qiluvchi talabalarni holidan xabar olish hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish borasida topshiriqlar berdi. Bundan tashqari, talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, talabalar o'rtasida "Zakovat" va turli intellektual o'yinlar tashkil etish borasida topshiriqlar berdi.

Yig'ilish so'nggida dekan va dekan oʻrinbosarlariga ham taʼlim sifatini oshirish va samaradorligini yuqoriga olib chiqish borasida kerakli koʻrsatma va tavsiyalarini berib oʻtdi. Shu bilan birga TTJ va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti va ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganish hamda qish oyini xavfsiz o'tkazish borasida ham zaruriy topshiriqlar berdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.