Joriy yilning 1-noyabr kuni Andijon davlat universitetida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov ta'lim muassasamizda tahsil olayotgan magistrlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Ushbu uchrashuvda magistrlarning ilmiy rahbarlari, kafedra mudirlari va magistrlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda prorektor Rustamjon Mullajonov magistratura bosqichida tahsil olayotgan yigit-qizlarning ilmiy samaradorligi, izlanishlarning muntazamligi va sohaga doir muammolar borasida yig'ilganlar bilan fikr almashdi.
Bundan tashqari, ochiq muloqotlar davomida o’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Mullajonov tomonidan fakultetlardagi o’quv jarayonlari, laboratoriya xonalari zamonaviy talablar darajasida qayta ta'minlanganligi va magistr talabalarda ilmga bo’lgan chanqoqlikni oshirish zamon talabi ekanligi takidlandi.
Uchrashuv savol-javoblar, taklif va tavsiyalarga boy holda qiziqarli oʼtdi. Mazkur yig'ilishda magistrlar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI