Bugun, 1-noyabr kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Axmadbek Yusupov ishtirokida uchrashuv bo’lib otdi.
Mazkur uchrashuvda universitet rektori Akramjon Yuldashev, prorektorlar, kafedra mudirlari, doktorantlar hamda magistrlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida A.T.Yusupov oliy malakali kadrlarni tayyorlashdagi islohotlar, oliy ta’limdan keyingi ta’limda rejalashtirilayotgan yangiliklar, ilmiy daraja va unvonlar talablari attestatsiyasini yengillashtirish hamda tayyorlayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini ko‘tarish bo‘yicha tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Uchrashuv, ishtirokchilarning qizg‘in savol-javoblari orqali, ochiq munozara shaklida olib borildi.
Uchrashuv davomida doktorantlar va uchrashuvda bevosita ishtirok etgan ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga Axmadbek Tadjiyevich Yusupov tomonidan batafsil javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI