Joriy yilning 31-oktyabr kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan jismoniy madaniyat fakultetida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida boʻlim boshligʻi A.Akbarov, jismoniy madaniyat fakulteti dekani Z.Jumaqulov, dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida, dastlab, boʻlim boshligʻi A.Akbarov soʻz olib, oliy taʼlim tizimini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilib kelinayotganini aytib, hozirgi kunda ijodiy imtixon va test sinovlari jarayonlari shaffofligini taʼminlash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan tashkil etilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Fakultet dekani Z.Jumaqulov soʻz olib, bugungi kunda fakultetda tahsil olayotgan talabalarni sport musobaqalariga jalb etilishi boʻyicha doimiy nazorat ishlari amalga oshirilib kelinayotganini aytib oʻtdi. Fakultetda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, tyutorlar hamda talabalar oʻrtasida korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha doimiy ishlar olib borilayotganligini ta'kidladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI