Andijon Davlat
Universiteti
SIRTQI BO'LIMI TALABALARI ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
2022-10-29    364

Joriy yilning 28-oktabr kuni sirtqi taʼlim yoʻnalishi talabalariga universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birlashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida boʻlim bosh mutaxassisi I.Mamajonov, sirtqi boʻlimi dekan oʻrinbosari H.Yoʻldashev va sirtqi taʼlim milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishining 5-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Iqboljon Mamajonov soʻz olib, hozirgi kunda yurtimizda barcha sohada islohotlar jadal surʼatlar bilan amalga oshirilayotganini taʼkidlab, oliy taʼlim sohasini “Korrupsiyasiz sohaga” aylantirish borasida ham ijobiy oʻzgarishlar boʻlayotganini taʼkidladi. Barcha oliy taʼlim muassasalarda korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimlari tashkil etilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Shu bilan birga bugungi kunda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimining universitetdagi har qanday korrupsion holat toʻgʻrisida telegramdagi @adu_anticorruptionbot botiga murojaat qilishlari mumkin ekanligini bildirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.