Joriy yilning 28-oktabr kuni Andijon davlat universitetining 1-ma'ruzalar zalida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda bitiruvchi bosqich talabalarni bandligini taminlash bo’yicha uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuv universitetimizdagi bitiruvchi bosqich talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlash masalasiga bag'ishlangan bo'lib, u Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari tomonidan tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda universitetimiz o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, bo'lim boshliqlari hamda tarix, maktabgacha ta'lim, ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetining 120 dan ziyod bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga qanday qilib ishga joylashish hamda o'z ish faoliyatini yo'lga qo'yish borasida muhim ma'lumotlar berib o'tildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI