Bugun, 28-oktabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyati mehnat bandligi bosh boshqarmasi mehnat texnikasi mutaxassisi Ibaydulla Mamadaliyev ishtirokida "Mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va normalarga rioya etish masalalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo'lim boshliqlari, tyutorlar, tarbiyachilar hamda xo'jalik mudirlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Ibaydulla Mamadaliyev Andijon davlat universitetida xodimlar va atrof-muhitga ta’sir etuvchi zararli omillarni kamaytirish, sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish, bu borada ish beruvchilarning mas’uliyatini zamon talablari darajasida oshirish, zararli ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan shahodatdan o‘tkazish, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini ta’minlash borasida o'zining fikrlarini bildirdi.
Ushbu davra suhbati universitetimizdagi har bir fakultet va bo'limlarda ishlovchi xodimlarning xayoti va sog‘ligi ustuvorligiga erishishda hamda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda o‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI