Andijon Davlat
Universiteti
TALABA-QIZLAR O'RTASIDA STOL TENNIS MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHI BO'LIB O'TDI
2022-10-27    542

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti hamkorligida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o'rtasida sportning stol tennis turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tishi belgilangan edi.

 

Joriy yilning 27-oktabr kuni Andijon davlat universitetining ikkinchi talabalar turar joyida talaba-qizlar o'rtasida stol tennis musobaqasining final bosqichi bo'lib o'tdi.

 

Ushbu tashkil etilgan musobaqada sovrinli o'rinlarni jismoniy madaniyat fakultetining qizlari egalladilar:

 

1-oʻrin - Xojibarno Rahimberdiyeva;
2-oʻrin - Sadoqatxon Yigitaliyeva;
3-oʻrin - Tursunoy Xolmuhammadova.

 

Musobaqadan so'ng talabalar uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir so'nggida g'olib bo'lgan qizlar diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.