Andijon Davlat
Universiteti
TABIIY FANLAR FAKULTETIDA "DEKAN KUBOGI" UCHUN TALABALAR O'RTASIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASI O'TKAZILDI
2022-10-27    664

Joriy yilning 27-oktabr kuni Andijon davlat universitetining yozgi "Arena"sida tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan "Dekan kubogi" uchun talabalar o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada fakultetning ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo'nalishi, oziq-ovqat texnologiyasi, kimyo va biologiya hamda geografiya yo'nalishlari talabalaridan tashkil topgan 8 ta jamoalar maydonda murosasiz bahs olib bordilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra:

1-o'rin - "Geograflar" va "Ximiklar"
2-o'rin - "Ecostudy"
3-o'rin - "Biologlar"

Qiziqarli bo‘lib o‘tgan uchrashuv so'nggida g'olib jamoalarga fakultet dekanining tashakkurnomasi, esdalik sovg'alari hamda 1-o'rinni egallagan "Geograflar" va "Ximiklar" jamoalariga dekan kubogi tantanali topshirildi.

Musobaqada mutloq g'olib bo'lgan"Geograflar" va "Ximiklar" jamoa a'zolarini qutlaymiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatlariga ham omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.